Flexy.
← Barcha sug‘urta mahsulotlari

O‘zbekistonda OSAGOni onlayn rasmiylashtirish uchun nimalar kerak?

Flexy orqali ariza berishdan oldin avtomobil va ishtirokchilar ma’lumotlarini tayyorlang. Avtomatik to‘ldirilgan ma’lumotlarni ham hujjatlar bilan solishtiring.

Avtomobil va texpasport

Davlat raqami, texpasport seriyasi va raqamini tayyorlang. Olingan avtomobil va uning egasi haqidagi ma’lumotlarni tekshiring.

Ega haqidagi ma’lumot mos kelmasa, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va texpasportni solishtiring, tegishli maydonlarni tuzating.

Sug‘urta qildiruvchi, egasi va haydovchilar

Shaklda so‘ralgan pasport ma’lumotlari va aloqa telefonini tayyorlang. Sug‘urta qildiruvchi va avtomobil egasi boshqa-boshqa shaxs bo‘lsa, ularni tegishli bo‘limlarda ko‘rsating.

Muayyan haydovchilar ko‘rsatiladigan polis uchun tanlangan shartlarga muvofiq ularning ma’lumotlarini tayyorlang.

To‘lovdan oldingi tekshiruv

Hisoblangan taklifdagi narx, muddat, boshlanish sanasi, avtomobil va ishtirokchilarni tekshiring. Tasdiqlashdan oldin oferta va rozilik hujjatlarini o‘qing.

Narx hisoblanishi yoki to‘lov havolasi mavjudligi polis berilganini anglatmaydi.

Davom eta olmasangiz

Maydon yoki bo‘lim yonidagi xabarni o‘qing va ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tuzating. Hujjatlar to‘g‘ri bo‘lsa-yu tekshiruv o‘tmasa, saytdagi yordam xizmatidan foydalaning. Pasport rasmlarini ochiq izohlarga yubormang.

OSAGO narxini hisoblash

Qisqacha tushuntirish oferta, qoidalar va muayyan polis shartlari o‘rnini bosmaydi.

Rasmiylashtirishdan oldin foydali ma’lumotlar